—Markazning boshqa xizmatlari bilan ishlarni muvofiqlashtiradi, xizmat xodimlarining malakasini hisobga olgan holda majburiyatlarni taqsimlaydi.
—Xizmatning istiqbolli, yillik va choraklik reja va hisobotlarni ishlab chiqadi.
—Respublika axborot-kutubxona muassasalarining ilg’or ish tajribalarini o’rganadi, tashkiliy-metodik ishlarining yangi shakl va usullarini amaliyotga joriy qiladi.
—Ilmiy-metodik ishlarda, konferensiyalar, kengashlar va seminarlar o’tkazishda qatnashadi.
—Markaz xizmatlari, shuningdek hududiy axborot-kutubxona muassasalariga Axborot-bibliografiya ishlari bo’yicha metodik va amaliy yordam ko’rsatadi.
—Xizmatning istiqbolli, yillik va choraklik rejalarini bajarishni nazoratga oladi
—Hududiy axborot-kutubxona muassasalari bilan hududda nashr etilgan majburiy nusxalar asosida davlat bibliografik hisobini yuritish uchun hamkorlikda ishlashni tashkil etadi.
—Bibliografik qo’llanmalar tuzishda hamda bibliografik axborot taqdim etishda, rahbarlik qiladi.
—Axborot-kutubxona Markaziga olingan viloyat to’g’risidagi hujjatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini nazoratga oladi.
—Hududiy axborot-kutubxona Markazlarining bibliografiya ishini o’rganadi.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling