22 onlayn
UZ RU EN

“Odam bo‘lish qiyin” yoki “Eljernonga atalgan gullar”

18.03.2026 11:03 111 просмотров

Inson hayot yo‘lida qadam tashlar ekan, u turfa sinovlar, kutilmagan to‘siqlar va murakkab imtihonlarga duch keladi. Bu sinovlar ba’zan yengil, ba’zan esa nihoyatda og‘ir bo‘lib, insonning sabr-toqati, matonati va irodasini sinovdan o‘tkazadi. To‘siqlarni qanday yengib o‘tish, hayot dovonlaridan qay yo‘sinda oshib o‘tish, qiyinchiliklarga qarshi nechog‘lik jasorat bilan turib bera olish — bularning barchasi insonning ichki kuchi va qat’iyatiga chambarchas bog‘liq. Zero, o‘qish har kimning qo‘lidan keladi, ammo uqish — anglash, his qilish va xulosa chiqarish esa har kimga ham nasib etavermaydi.

“Kreativ fikrlovchi yoshlar” klubining navbatdagi mashg‘uloti aynan shu dolzarb va teran mazmunga ega mavzuga bag‘ishlandi. Unda muhokamaga qo‘yilgan asarlar — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻlmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” hamda amerikalik yozuvchi Deniel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asarlari yoshlarni chuqur o‘yga toldirib, qizg‘in va mazmunli bahs-munozaralarga chorladı. Ushbu asarlar orqali insoniylik, ong va qalb uyg‘unligi, jamiyatdagi o‘rin va shaxsiy o‘sish masalalari keng yoritilib, ishtirokchilar tomonidan turli nuqtai nazarlar asosida tahlil qilindi.

PDF Ko'rish
Библиотечный бот Онлайн
Здравствуйте! 👋 Чем могу помочь?